https://ok.ru/videoembed/2530896906943
Özbekistonda ilk bor Toşkent şahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan işlab çiqarilgan CubeSat (nano sun'iy yöldoş) stratosferaga uçirildi. Vazni 2.5-3.0 kg bölgan, U-klassdagi uşbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib boriş uçun bir neçta modullardan taşkil topgan 10 sm kub hajmdagi sun'iy yöldoş hisoblanadi.



CubeSat bir qator sensor qurilmalardan taşkil topgan bölib, yerdan uzoqlaşiş balandligi, stratosferadagi havo namligi, şamol tezligi, havoning ifloslaniş darajasi töğrisidagi va boşqa turdagi fizikaviy ma'lumotlarni onlayn tarzda universitetda joylaştirilgan ma'lumotlarni qabul qiluvçi stansiyaga uzatdi, qabul qilingan ma'lumotlar kelgusida geodeziya sohasida ilmiy tadqiqot olib boriş uçun tahlil qilinadi. Şuningdek, CubeSat uçişi davomida video tasvirlarni onlayn tarzda uzatdi, uşbu ma'lumotlar yordamida kelgusida geoaxborot tizimlari yönalişidagi tadqiqotlarda foydalaniladi. Uşbu yöldoşni tong saharlab uçirişdan maqsad, geliy gazi bilan töldirilgan şar, havo harorati kötarilişidan oldin stratosfera qatlamiga, ya'ni 20 km balandlikka kötarilib olişi kerak. Geliy gazi issiq haroratlarda özining uçuvçanlik xususiyatlarini yöqotadi. Bizning yöldoşimiz troposfera qatlamini bosib ötgandan söng, stratosfera qatlamini zabt etdi va balandlikka kötarildi.



“Yurtimizda kosmik faoliyatni rivojlantirişga davlat rahbari tomonidan alohida e'tibor berilmoqda. Xususan, 2019 yil 30 avgustdagi PF-5806-sonli “Özbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantiriş töğrisida”gi farmoni asosida yurtimizda «Özbekkosmos» agentligining taşkil etilişi uşbu sohaga yoşlarimizni yanada qiziqişini uyğotdi. Bugungi tadbir doirasida kosmik tadqiqotlarga bağişlangan loyihani amalga oşirişdan maqsad, universitetimiz talaba-yoşlarini kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlaniş, tajriba-konstruktorlik va innovatsion işlarni rivojlantirişga qiziqişini uyğotiş va uşbu sohada nazariy bilim va amaliy könikmalarga ega bölgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş”, - deb ta'kidladi Jamşid Şuhratullayeviç Inoyatxodjayev, Toşkent şahridagi Turin Politexnika universiteti rektori.











