Jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyat sudining 2018 yil 30 mart kunidagi (qonuniy kuçga kirgan) hukmi bilan ayol kişi boşçiligida bir neça oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilgan uyuşgan jinoiy guruh a'zolariga nisbatan jinoyat işi körib çiqilib, uşbu guruhning faoliyatiga uzil-kesil çek qöyildi.
Jinoyat işi tafsilotlariga köra, uyuşgan jinoiy guruh Buxoro viloyatida asosan yolğiz yaşovçi, moddiy tomonlama imkoniyatlari yaxşi fuqarolarga tegişli bölgan, eng asosiysi kiriş qulay va xavfsiz bölgan xonadonlarni aniqlaş, uşbu xonadonlardagi pul va qimmatbaho buyumlarni öğirlik, vaziyatga qarab bosqinçilik yöli bilan egallaş maqsadida tuzilgan.
2017 yil 15 sentabr kuni jinoiy guruh Buxoro şahri, “Zafarobod” köçasi, 3-uyda yaşovçi fuqaro G.Jumayevaning uyiga borişgan. I.Norov, R.Xolov va F.Boboyevlar qurollangan va yuzlariga niqob taqqan holda uyning tomidan oşib G.Jumayeva uxlab yotgan xonaga kirişgan. Ular G.Jumayevaga hujum qilib, uning qöl-oyoqlarini boğlaşgan va ovoz çiqarmasligi uçun oğzini “skotç” bilan berkitişgan. G.Jumayevaning tanasini turli sohalariga urib, tepib, uyali telefonlarni quvvatlantiruvçi “zaryadnik”ning simi bilan böynidan buğişgan va piçoq tirab öldirişni aytib qörqitişgan.
Şu kuni bosqinçilar G.Jumayevaning uyidan jami 254.342.600 sömga teng bölgan tilla taqinçoqlar, AQŞ dollari va pullarni olib ketişgan. Qölga kiritilgan “ölja”ni uyuşgan guruh a'zolari özaro taqsimlaşgan va öz ehtiyojlari uçun işlatişgan.
Bosqinçilarning jinoyatlari sud majlisida töliq öz isbotini topdi va uşbu uyuşgan jinoiy guruh a'zolarining har biriga qonun doirasida ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlandi.
Jinoyat işlari böyiça
Buxoro viloyat sudi sudyasi
A.Allayev






