Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea JÇ-2018 guruh bosqiçidan örin olgan Portugaliyaga (3:3) qarşi öyindan söng, muvaffaqiyatsizliklarga bardoş berişni örganiş lozimligini aytdi.

Posbon Kriştianu Ronaldu tomonidan yöllangan zarbadan söng, xatoga yöl qöyib, töpni uşlab qololmagan edi.

«Muvaffaqiyat qozonişni örganiş uçun, omadsizlikka çidab beriş zarur. Hayot davom etadi» - deb yozdi De Xea tvitter sahifasida.

Eslatib ötamiz, Ispaniya terma jamoasi navbatdagi öyinni 20 iyun kuni Eronga qarşi ötkazadi.