Özbekiston Içki işlar vazirligi işbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan Ğofur Rahimovni qidiruvga berdi. Bundan IIV saytidagi tegişli ma'lumotlar darak beryapti.
Unga köra, 1951 yil 22 iyulda tavallud topgan Rahimov Ğofur-Arslonbek Ahmedoviç Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi A-bandi (Tovlamaçilik), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), 228-moddasi 3-qismida (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Şuningdek, uning turmuş örtoği ekani aytilayotgan Lola Rahimova ham qidiruvga berilgan.

IIV ma'lumotiga köra, 1967 yil 24 iyunda tuğilgan Rahimova Lola Jabbarovna Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi A-bandi (Tovlamaçilik), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), 228-moddasi 3-qismida (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.
Avvalroq, Ğofur Rahimov heç qaçon uyuşgan jinoyatçilikka aloqador bölmagani haqida bayonot bergandi.







