2018 yil 28-30 iyun kunlari Özbekistonda «Özbekiston-2035» Forumi ötkaziladi. Ma'lumotlarga köra, butun dunyodan 50 dan ortiq ekspertlar, - hamyurtlarimiz, - Özbekistonning 2035 yilgaça rivojlaniş strategiyasi va konsepsiyasini har tomonlama muhokama qiliş uçun töplanadi.

Foto: Getty Images

Taşkilotçi - «Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti bölib, uning ta'sisçilari va a'zolari dunyoning turli nuqtalarida yaşovçi va ijtimoiy hayotning turli sohalarida taniqli mutaxassislar darajasiga kötarilgan özbekistonliklardir.

Tadbirning rasmiy homiysi - Şodiyev Xalqaro fondi.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Şodiyev Xalqaro fondi xalqaro nodavlat xayriya taşkilotidir. Jamğarma Şarqiy Yevropa, Markaziy va Janubi-Şarqiy Osiyodagi ilmiy, ijodiy hamda madaniy salohiyatni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida fan doktori Fattoh Qayumoviç Şodiyev tomonidan 1996 yilda taşkil etilgan.

Hozirgi kunda Fond intellektual rivojlaniş imkoniyatlarini yaratişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiradi, hamda unga muhtoj bölganlarga yordam beradi. Jamğarma faoliyatining asosiy yönalişlari: 

• Stipendiya dasturlari
• Xayriya loyihalari
• San'at
• Ilmiy tadqiqotlarga e'tibor qaratilgan naşriyot faoliyati
• Xalqaro munosabatlarni mustahkamlaş

2017 yil sentabr oyida Şodiyev Xalqaro fondining Özbekistondagi vakolatxonasi Adliya vazirligi tomonidan röyxatga olingan.

Foto: Getty Images

Qisqaça tarjimai hol

Fattoh Şodiyev 1953 yil 15 aprelda Jizzax viloyatida tuğilgan, Moskva Davlat xalqaro munosabatlar institutini (MGIMO) «Xalqaro huquq» ixtisosligi böyiça tamomlagan. Siyosiy fanlar nomzodi, Qozoğiston Respublikasi Tabiiy fanlar akademiyasi a'zosi, Yaponiya tarixi, iqtisodiyoti va siyosati böyiça 30dan ortiq ilmiy işlarning muallifi.