Şarqiy Nangarxar provinsiyasida "Tolibon" radikal harakati jangarilarining Afğoniston xavfsizlik kuçlari bilan uçraşuvida röy bergan portlaş natijasida halok bölganlar soni 36 nafarga yetdi. Pajhwok agentligi soğliqni saqlaş boşqarmasi vakili bergan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Ma'lumotlarga köra, voqea natijasida yana 65 kişi jarohat olgan.

Bunga qadar Reuters 26 kişining halok bölgani haqida xabar bergan edi. Voqea şanba kuni Rodat tumanida sodir bölgan. Yiğilganlar Ramazon oyining tugallanişini nişonlayotgan bölişgan. Manbaga köra, qurbonlar orasida "Tolibon" harakati jangarilari bilan bir qatorda tinç aholi vakillari ham bölgan. 

Portlaş uçun javobgarlikni IŞID terrorçi taşkiloti öz zimmasiga olgan. 

Ta'kidlaş joizki, 7 iyun kuni Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Ramazon va Iyd Al-Fitr bayrami şarofati bilan "Tolibon" harakatiga 12 iyundan 19 iyungaça davom etuvçi bir tomonlama yaraşuv e'lon qilgan.