Daniya terma jamoasi hujumçisi Yusuf Poulsen Peruga qarşi öyinning eng yaxşi futbolçisi böldi.
Saranskdagi «Mordoviya Arena» stadionida ötkazilgan bahs 1:0 hisobidagi daniyaliklar ğalabasi bilan tugadi. Yagona gol aynan Poulsen hisobiga yozildi.
Guruh bosqiçining 2-turi 21 iyun kuni ötkaziladi. Unda Fransiya Peruga qarşi öynaydi, Daniya esa Avstraliya bilan bellaşadi.













