S guruhida Peru va Daniya terma jamoalari bellaşdi. Muxlislar hujumkor va qiziqarli öyin guvohi bölişdi. Öyinda janubiy amerikalar biroz taşabbusga ega bölib, köproq vaziyatlarni yaratdilar.
Birinçi bölimning sönggi daqiqasida boş hakam takroriy videolavhani tomoşa qilganidan söng, Daniya darvozasiga penalti belgiladi. Ammo Kueva uni aniq amalga oşirolmadi.
Ikkinçi bölimda ham Peru ustunligi sezilib turdi. Biroq, Daniya qarşi hujumlarning biridan unumli foydalanib qoldi. 59-daqiqada Poulsen darvozabon bilan yuzma-yuz çiqib, uni doğda qoldirişga muvaffaq böldi. Peruliklar öyin oxiriga qadar hisobni tenglaştiriş uçun bir neça vaziyatlarga ega bölişdi, ammo Daniya ğalabani saqlab qoldi.
JÇ-2018, S guruhi
Peru – Daniya 0:1
16 iyun, Saransk, «Mordoviya Arena»
Gol: 0:1 – 59 Poulsen.
Peru – Galese, Rodriges, Trauko, Advinkula, Ramos, Flores (Gerrero, 62), Tapiya (Akino, 87), Karrilo, Kueva, Farfan (Ruidias, 85), Yotun.
Daniya – Şmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen (Yorgensen, 81), Kvist (Şone, 36), Dileyni, Eriksen, Sisto (Breytueyt, 67), Yorgensen, Poulsen.
Ogohlantirişlar: Tapiya (38), Dileyni (86).














