Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea ma'lum qildiki, JÇ-2018 guruh bosqiçi doirasida Portugaliyaga qarşi keçgan va 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan uçraşuvdan keyin ispaniyalik muxlislar tomonidan qöllab-quvvatlov his qilmagan.
«Men Ispaniya tomonidan qöllov his qilmayapman. Men özimni tanqid qila olmayman.
Istardimki, bunday qiyin pallalarda meni qöllaşlarini. Ammo meni murabbiylar va jamoadoşlarim qöllab-quvvatlaşmoqda.
Şunday holatlar ham bölib turadi. Men xato qildim. Biz qölqopni taqib maydonga çiqamiz, bu qanday qiyin işligini köpçilik bilmaydi.
Murabbiylarim va jamoadoşlarim meni qöllab-quvvatlaşda davom etişadi degan umiddaman. Menga xotirjamlik kerak. Axir men kimnidir öldirganim yöqku?», - deya De Xeaning sözlarini keltirgan Manchester Evening News.
Eslatib ötamiz, David De Xea Ispaniya – Portugaliya öyini vaqtida Kriştianu Ronalduning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan, öziga kelgan zarbasini oyoqlari orasidan ötkazib yuborgan va tanqidlarga uçragandi.
Bundan oldinroq ötkazilgan sörovnoma yakunlariga köra ispaniyalik muxlislar David De Xea emas, Kepa Arrisabalaga Ispaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni bölişini istaşayotgani ma'lum bölgandi.













