Dam oliş kunlari Yevropaning «kuçli beşlik» çempionatlarida navbatdagi tur öyinlari ötkazildi. Oldingi haftalarda Italiya va Fransiyada çempion aniqlangandi, bu hafta Ispaniyada ham ğolib nomi muddatidan oldin ma'lum böldi. «Barselona» deyarli raqobatsiz La Ligada çempionga aylandi.

Germaniya va Angliyada çempion oxirgi turlarda aniqlanadigan böldi. APL yetakçisi «Mançester Siti» 36-turda «Byornli»ni katta qiyinçilik bilan mağlub etib, boş sovrin tomon yana bir qadam taşladi. «MYu» esa öz maydonida «Çelsi»ni yuta olmay, YeÇL yöllanmasi uçun kuraşdagi imkoniyatlarini yomonlaştirib yubordi. Quyida «kuçli beşlik»da haftaning qiziqarli voqealarini eslaymiz.

ANGLIYa

«Siti» çempionlikka «3 santimetr yaqinlaşdi»

Angliyada 36-tur öyinlari ötkazildi. Hafta örtasida 31-turning qoldirilgan öyinida «MYu»ni yengib, yetakçiga aylanib olgan «Mançester Siti» mehmonda «Byornli»ga qarşi öyinda jiddiy qarşilikka duç keldi. Şon Dayç şogirdlari «Mançester Siti»ning oyoğidan çaliş uçun harakat qilişdi, lekin ketma-ket ikkinçi çempionlik sari ketayotgan «şaharliklar» qiyinçilik bilan bölsa-da, ğalabani ilib ketişdi.

Serxio Aguero 63-daqiqada tinimsiz hujumlardan söng gol urdi. «Siti» uçun öta muhim ğalabani taqdim etgan bu gol çiroyli çiqdi deb ayta olmaymiz. Çunki Aguero zarba berganidan söng töp darvoza çiziğini atigi 3 santimetrga kesib ötdi. Hakam APLda joriy qilingan golni aniqlaş tizimi yordamidagina hisob oçilganini qayd etdi. Bu ğalabadan söng «Siti» oçkolari sonini 92taga yetkazib, yetakçilik qilişda davom etmoqda. 2-örindagi «Liverpul» hisobida 91 oçko bor.

«MYu» YeÇLdan uzoqlaşdi

Turning qiziqarli öyinlaridan biri «Old Trafford»da bölib ötdi. Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun kuraşayotgan «MYu» öz maydonida «Çelsi»ni qabul qildi. Bu öyinda yirikroq hisobda ğalaba qozonsa, mançesterliklar 4-öringa ham kötarilib olişi mumkin edi. Çunki «Arsenal» bu turda «Lester»ga imkoniyatni boy bergandi (0:3).

«MYu» öyin boşidayoq Xuan Mataning goli evaziga hisobni oçgandi, lekin David De Xeaning xatosidan foydalangan Markus Alonso muvozanatni tiklab, «Çelsi»ga ğalabaga teng durangni taqdim etdi. Bu durangdan söng «Çelsi» «kuçli törtlik»dagi örnini saqlab qoldi, lekin Sarri şogirdlari ham «Old Trafford»da muhim oçkolarni boy berişdi. Çunki Mançesterdagi ğalaba «Çelsi»ni 3-öringa olib çiqişi ham mumkin edi.