Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» De Xeaga rekord miqdorda maosh taklif qilib, rad javobini oldi
«Manchester Yunayted» darvozabon David de Xea bilan shartnomani uzaytirish borasida hamon kelisha olgani yo‘q, deb xabar bermoqda Evening Standart.
Manbaga ko‘ra, «MYu» ispaniyalik posbonga yillik 20,4 mln yevro maoshni ko‘zda tutuvchi yangi bitim taklif etgan, ammo bunga rad javobini olgan. De Xea ushbu taklif bilan jahondagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin edi, ammo u bundan ham ko‘prog‘ini xohlamoqda. David aynan qancha maosh so‘rayotgani ochiqlanmayapti.
28 yoshli darvozabon «MYu»ga 2011 yili «Atletiko»dan kelib qo‘shilgan, uning transferi 25 mln yevroga tushgandi. Bu mavsum u APLning 27 o‘yinida qatnashib, 35ta to‘p o‘tkazib yubordi.
De Xeaning amaldagi bitimi 2019 yil yozida nihoyasiga yetadi, ammo klubda muddatni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026