Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Yaponiyaning Xonsyu oroli janubi-g‘arbida dushanba kuni yuz bergan zilzila oqibatida to‘qqiz yoshli qizcha va sakson yoshli erkak halok bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar qilgan.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, qizcha Osaka prefekturasidagi Takatsuki shahrida devor bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Qo‘shni Osaka shahrida esa keksa yoshli erkak ham vayronalar ostida hayotdan ko‘z yumdi. Orol janubi-g‘arbidagi boshqa tumanlarda sakkiz kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Yer silkinishi tufayli tezyurar va oddiy poyezdlar qatnovi deyarli butunlay to‘xtatildi. Zilzila magnitudasi 5,9 ballni tashkil qilgan, deya xabar berdi seysmik xizmat funksiyalarini bajaruvchi milliy Meteorologik boshqarma. Yer silkinishi o‘chog‘i Osaka prefekturasi shimolida, 10 kilometrlik yer tubida joylashgan.
Kansai Electric Power energetika kompaniyasining o‘z saytida xabar qilishicha, zilzila oqibatida taxminan 170 mingta kvartira va xususiy uylarga elektr energiyasini yetkazib berish to‘xtab qoldi. Atom energetikasi obektlariga zarar yetmagan, atom stansiyalaridagi radiatsion fon normal holatda, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan kompaniyadan.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026