Markaziy Osiyo şaharlari içida metro faqat Toşkentda qurilgan, deganlar qattiq adaşadi. Nisbatan ança kiçik bölsa-da, Qozoğistonning Olmaota şahrida ham metro işlab turibdi. Toşkentdagi metrodan 836 km uzoqlikda 23 yil davomida qurilgan Olmaota metro yönalişi 2011 yili 1 dekabrda işga tuşdi. Oradan ikki yil ötib, yangi ikkita metro bekati foydalanişga topşirildi. Metro bekatlarida özgaça tuyulgan jihatlarga töxtalamiz.
Juda pastda, lekin qisqa!

Dastlab 8,6 km uzunlikdagi bir yönaliş bilan işga tuşgan Olmaota metropoliteniga 2015 yil 2,74 km masofa qöşildi. Şunday qilib, 9ta metro bekatiga ega Olmaota metropoliteni juda zamonaviy anjom va vositalar bilan jihozlangan. Iş vaqti 6:20dan 23:30gaça davom etadi.
Ha, Olmaota metrosi qaysidir ma'noda Moskva yoki şu kabi megapolislar metropolitenini eslatib yuboradi. Bekat kassasiga yetib boriş uçun odatlanganimdan köra köproq qadam taşladim. Eskalatordan tuşayotgan kişining boşi aylanib ketişi mumkin.
Tekşiradi, metallodetektor ham bor

Xoh işoning, xoh işonmang, bekatga kirişim bilan ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimlariga duç keldim. Endi sumkalarimni oçib körarmikan, deb ensam qotdi. Aslo! Şunçaki metallodetektordan ötib, aeroportda bölgani kabi yuklarimni skaner apparatiga qöydim. Bu jarayon uzoği bilan 15 soniya davom etadi. Keyin kassaga yönalib, jyeton sotib oldim. u 80 tenge (taxminan 2000 söm) turadi. Jyeton taşlaydigan joy ham, kassa hududi ham öta zamonaviy jihozlangan.

Endi Toşkent metropolitenida ham fotosuratlarga tuşirişga ruxsat berildi. Bu Olmaota metrosida oddiy hol, faqat ofitserlar turgan maydonni, aniqroğini xavfsizlik xodimini suratga oliş mumkin emas.
Ikki qavatli va ğamxör bekat
Bekat ikki qavat bölib köringani bilan, aslida unday emas. Şunçaki, asosiy zinadan tuşişga qiynalgan şaxslar, aravaçada ötirgan yölovçi yoxud oğir yuki bilan metroda ketişni niyat qilganlar ham manzilga qiyinçiliksiz yetib oliş uçun şunday qilingan. Örtada lift mavjud, şu orqali zinadan tuşmagan birinçi qavatga osongina pastlaysiz.















