Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Xiaomi Redmi 6 Pro smartfonining rasmiy sifatli tasvirlari paydo böldi, ularda beş turli rangdagi smartfonlar aks etgan.

Xiaomi Redmi 6 Pro xaridorlari Rose Gold, Sand Gold, Lake Blue, Black va Flame Red ranglaridan birini tanlaşlari mumkin. Yangi qurilma haqida ixbt.com'da ma'lumot berildi.

Asosiy kamera ikkita (12+5 MP), u çap tomonning yuqori qismida joylaşgan. Orqa panelda şuningdek daktiloskopik datçik mavjud.

Xiaomi Redmi 6 Pro ekrani 5,84 dyuym diagonalga ega böladi, bir kristalli tizim sifatida esa Qualcomm Snapdragon 625 iştirok etadi. Akkumulyator siğimi 400 mAs'ni taşkil qiladi. Operativ xotira - 2, 3 yoki 4 Gb, fleş-xotira siğimi esa 16, 32 yoki 64 Gb bölişi kutilmoqda.

Smartfon narxi 150 dollardan boşlanadi. Yangi qurilma taqdimoti 25 iyunda Xiaomi Mi Pad 4 planşeti namoyişi bilan birga ötişi rejalaştirilgan.











