24 iyunda Turkiyada muddatdan avval prezident va parlament saylovlari boşlandi.
Prezident saylovlarida 6 nomzod iştirok etmoqda: Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan (Adolat va taraqqiyot partiyasi), Muharram Injye (muxolif Xalq-respublika partiyasi), Salohiddin Demirtoş (Xalqlar demokratiyasi partiyasi), Meral Akşener (Yaxşi partiya), Temel Karamullaöğlu (Baxt partiyasi) va Dogu Perinçek (“Vatan” partiyasi).
Prezident saylovlari bilan birga Turkiya Buyuk milliy yiğini – parlament saylovlari ham bölib ötmoqda. Uşbu saylovlarda 9 ta partiya iştirokka qöyilgan.
Turkiyada hammasi bölib 56,3 mln kişi ovoz beriş huquqiga ega. Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 17.00gaça işlaydi. Xorijda 1,5 mln turk fuqarosi muddatdan avval ovoz berib böldi.
Prezident saylovlarining boş favoritlari Erdöğan va Injye hisoblanadi. Erdöğan 1-turning özidayoq ğalaba qozonişiga işonmoqda, buning uçun 50 foizdan köproq ovoz yiğiş talab etiladi. Biroq jamoatçilik fikrini örganuvçi ba'zi markazlarning fikriça, saylovlarning 2-turi bölib ötadi. 2-tur 8 iyulga belgilangan.
Turkiya prezidenti va parlamenti 5 yillik muddatga saylanadi.











