Jahon çempionati öz ekvatoriga yetib keldi va guruh bosqiçi öyinlari hal qiluvçi pallaga kirmoqda. Bugun A va V guruhlarida ğoliblar va omadsizlar hal böladi. E'tiboringizni uşbu guruhdagi jamoalarning imkoniyatlari va bu öyinlar javob berişi mumkin bölgan asosiy savollarga qaratamiz.  

A guruhi

A guruhi tahlil qiliş uçun eng oson guruhdir. Bu yerda keyingi bosqiçda ötganlar ham, bugungi öyindan söng Rossiyani tark etadiganlar ham rasman ma'lum bölib ulgurgan. Yagona muhim savol – guruh ğolibi kim böladi? Töplar nisbatiga köra, Rossiya terma jamoasi hozirça guruhda peşqadam bölib turibdi. Demak bugungi öyindagi durang ruslarni keyingi bosqiçda 1-örindan çiqişiga imkon yaratadi. 

Aslida, bu guruhda qaysi örinni oliş strategik tomondan u qadar katta ahamiyatga ega emasligiga e'tibor beriş kerak. Çunki, bu guruh ğoliblari V guruhi ğoliblariga raqib böladi. V guruhida ham, yaqqol favorit yöqligini, buning ustiga öşa guruhda qaysi jamoa birinçi yoki ikkinçi örinni olişi hali aniq emasligini nazarda tutsak, fikrimiz yanada qat'iylaşişi mumkin. Misol uçun, A guruhida 1-örinni olib, Ispaniya bilan öynaş ham, 2-örinni olib, Eron bilan öynaş ham mumkin. 

Şunday bölsa ham, öz maydonida töp surayotgan Rossiya terma jamoasi har bir öyinda ğalaba uçun öynaşga urinsa kerak. Tarixida birinçi marotaba pley-offga ötgan Rossiya guruh öyinlarini uçta ğalaba bilan yakunlaşga harakat qilişi tabiiy hol. 

Misr terma jamoasi öz tarixida biror marta ham ğalaba qozonmagan. Saudiya Arabistoni esa, 24 yil muqaddam, özining ilk jahon çempionatida ğalaba qozonganidan buyon, bunday baxtga erişgani yöq. Turnir nuqtai nazaridan ahamiyatsiz bölgan arab derbisida ham öziga yaraşa intrigalar borligini e'tirof etiş lozim. 

19:00. Urugvay -  Rossiya
19:00 Saudiya Arabistoni - Misr

V guruhi

Bu guruhda ham peşqadamlar bir xil oçko jamğarişgan, hatto töplar nisbati böyiça ham bir xil körsatkiç qayd etişgan. Ammo farqli tomoni, bu guruhda peşqadamlar parallel tarzda raqobat olib borişadi. 

Portugaliyaga biroz qiyinroq bölişi mumkin, çunki uning raqibi – Eron, keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatini yöqotmagan. Eronliklar agar Portugaliya ustidan ğalaba qozonişsa, narigi öyin natijasidan qat'i nazar pley-off yöllanmasini qölga kiritişadi. Demak, Eron va Portugaliya örtasidagi öyinni bemalol, yöllanma uçun kuraş deyişimiz mumkin. Ispaniya uçun esa, vazifa biroz osonroq. Barça imkoniyatdan mahrum bölib ulgurgan Marokaş bilan öyinda durang qayd etsa ham, keyingi bosqiçga çiqadi.