B guruhi vakillari örtasidagi öyinlar şiddatli keçdi. Bunga qöşilasiz, albatta. Lekin guruhning öyinlari xuddi şu hisoblar böyiça teskari köriniş olganda, deylik, birinçi turda Portugaliya öyinni Eron bilan boşlaganda, Ispaniya esa, Marokaşga qarşi boşlaganida nima bölardi? 

Ikkinçi turda Ronaldu vatandoşlari birinçi turda oçko egasi bölgan Marokaşni qabul qilişsayu, birgina oçkoli Ispaniya Eron bilan öynasa...

Oxirgi turda Marokaş – Eron va Portugaliya – Ispaniya bölsa, keling, tasavvur qilib köraylik.

Demak, birinçi tur: Portugaliya – Eron – 1:1. Kuarejmaning çiroyli goli bilan festival boşlanmoqda, hamma Ronalduni alqab yotgan payti jahonning eng yaxşi futbolçisi penaltidan ura olmayapti. Ikki terma jamoada bittadan oçko.

Ispaniya Marokaş bilan bahslaşmoqda va u öyin bilan Ravşan Ermatov musobaqani boşlamoqda. Iskoga bağişlangan keça ispanlarga omadli bir oçkoni hadya etmoqda. Matbuot Marokaş haqida hapqirib yozayotgan bölardi, aniq. Turnir jadvali quyidagiça:

Ikkinçi tur biz guvohi bölgan ikkinçi turga töğri kelaveradi. Örtasi-ku... 

Marokaş – Portugaliya – 0:1, nihoyat Ronaldu öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Ispaniya – Eron – 1:0. Eronliklarning urinişlari besamar ketdi. Turnir jadvali esa quyidagiça:

Uçinçi tur oldidan hammada imkoniyat bor. Eron Marokaş bilan öynar ekan, ikki terma jamoa parallel ravişda öynaydigan favoritlar uçraşuvda kimdir ğalaba qozonişiga işona oladi. Çunki ikkisi ham ğalaba qozonsa, pley-offda Urugvaydan qoçib, Rossiyaga töqnaş kelişini yaxşi biladi.
Parallel öyinlar: Portugaliya – Ispaniya. Marokaş – Eron. 

Portugaliyaliklar hisobni oçişadi, tabiiyki, ğalabani uşlab qoliş uçun uriniş boşlanadi. Lekin Ispaniya javob beradi, qolganini bilasiz. Parallel öyinda ham ğalabadan boşqasiga rozi bölolmaydigan Afrika va Osiyo jamoalari tinimsiz hujumlar qilişmoqda. Hisob oçilmagan öyin asabiy ötişiga sabab, narigi bahsda taxminan 87-daqiqa Ispaniya 3:2 hisobida yengmoqda. Onlayn jadval mana bunaqa: