27 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oşiriş, aholi punktlarini obod maskanlarga aylantiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida xabar berildi.
Davlat rahbarining 2018 yil 29 martdagi farmoniga muvofiq qabul qilingan “Obod qişloq” dasturi doirasida joriy yilda 159 ta tumandagi 386 ta qişloqda quriliş-obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Uşbu qişloqlarda 142 mingta yakka tartibdagi uy va mingdan ziyod köp qavatli uy, 3 ming kilometr yöllarni ta'mirlaş, 2,5 ming kilometr elektr energiyasi, 2 ming kilometr içimlik suv tarmoqlarini quriş va qayta tiklaş, 2 ming 400 ta bozor va boşqa infratuzilma obektlari quriş belgilab olingan.
Bundan taşqari, 388 ta umumta'lim maktabi, 313 ta boğça, 168 ta tibbiyot muassasasi, 38 ta mahalla binosi va boşqa ijtimoiy soha obekti quriş va ta'mirlaş rejalaştirilgan.
Yiğilişda bu borada bajarilgan işlar tahlil qilinib, galdagi muhim vazifalar belgilab berildi.
Hududlarga quriliş materiallarini uzluksiz va yetarli miqdorda yetkazib beriş, qişloqlarda şunday mahsulotlar dökonlarini taşkil etiş zarurligi ta'kidlandi. Bu belgilangan tadbirlarning sifatli va muddatida bajarilişini ta'minlab, quriliş işlari narxi oşib ketişining oldini oladi.
Dasturga qöşimça ravişda kiritilgan qişloqlarning boş rejasini işlab çiqiş, zarur mablağlarni şakllantiriş, qişloqlarga investitsiyalar jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi.
Içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Bunday tarmoqlarni quriş va ta'mirlaşni jadallaştiriş, şuningdek, yöllar, elektr va tabiiy gaz tizimlarini ta'mirlaş zarurligi ta'kidlandi.
Qişloqlarda ta'lim va tibbiyot muassasalari, savdo va maişiy xizmat obektlari quriş, kiçik sexlar taşkil etiş böyiça ham vazifalar belgilandi.
Ma'lumki, Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil 4 iyun kuni Çilonzor tumanidagi “Xirmontepa” va “Tirsakobod” mahallalarida bölganida “Obod mahalla” dasturi loyihasini şakllantiriş böyiça topşiriq bergan edi.
Bugungi kunda tajriba sifatida Toşkent şahrining 11 ta tumani va yurtimizdagi 30 ta şaharda 1 tadan mahalla hududida obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Ötgan qisqa vaqtda uşbu 41 ta mahallada 72 milliard sömlik işlar bajarilgan.
Bu boradagi ijobiy tajribani va aholi xohiş-istaklarini inobatga olib, “Obod mahalla” dasturi qabul qilindi.











