Selektorida ötirgan amaldor iş joyida ayol kişini quçoqlagan köyi kameraga tuşib qolgani turmoqni «portlatdi». Bu «qahramon» katta bir tumanda bölim boşliği ekan. Avvalroq xuddi şunday lavozimdagi boşqa bir mulozim öz xonasida giyohvand modda iste’mol qilgani aks etgan video tarqalgandi. Bugun şu haqida gaplaşamiz. Yöq, xabarlar tafsilotiga töxtalmoqçi emasman, şaxsan mening kim kimni quçoqlaşi-yu, nima çekişi bilan işim yöq. Şu ikki epizod misolida byurokratik tizimdagi muammolarga töxtalamiz.
Byurokratik portfel
Oxirgi kunlarda yana biror vazirlik yoki qömita taşkil etilmagan bölsa, Özbekistonda 32 ta vazirlik va qömita bor. Hali bu qisqartirilgani, avval bundan ham köp edi. Taqqoslaş uçun 1,5 milliardga yaqin odam yaşaydigan Xitoydagi markaziy apparatda boş vazir, uning tört örinbosari va beş nafar davlat maslahatçisini qöşib hisoblaganda, 32 kişi işlaydi. 350 millionlik Amerika 15 ta vazirlik bilan qanday yaşamoqda, hayronman.
Mayli, boşqa davlatlarni qöyaylik, aytmoqçi bölganim – bizda hukumat byurokratik portfeli juda katta. Yuqoridagi 32 ta vazirlik va qömitadan taşqari yana agentliklar, boşqa davlat taşkilotlari bor. Va ana şu barça davlat taşkilotlarining viloyat, şahar va tumanlarda bölimlari! «Oblono», «rayono», «gorono».
Kuçişlatar tuzilmalarni byurokratik portfelga qöşmaymiz, ularning qiladigan işi köp. Özbekiston katta davlat: 37 milliondan ortiq odam yaşaydi, organ xodimlarining işi köp, ularning davlatga oğirligi tuşmaydi. Lekin köplab davlat taşkilotlari özi nima iş bilan şuğullanyapti, degan savolni tez-tez özimizga berişimiz kerak.
Masalan, bugun biz uşbu mazmunda rolik qilişimizga sabab bölgan «zapal» Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tuman bölimida sodir bölgan. Bu bölimda davlat işçilari nima iş bilan band bölişadi özi? Savolni boşqaçaroq beraman: qaysi biringiz bandlik boşqarmasi orqali işga joylaşgansiz? Bu lavozimdagi bir mulozim selektor vaqtida kamera qarşisizda ayol kişini quçoqlab turgani, boşqasi kabinetida nimanidir tutatib ötirganiga qaraganda, qiladigan iş köpga ham öxşamaydi...
Hurmatli davlat işçilari, biz xususiy sektor vakillaridan bu gapimiz uçun ranjimang, şaxsan men juda köp vijdonli, professional, öz vazifasini çin dildan bajaradigan davlat xizmatçilarini bilaman. Ularning soliq tölovçilar hisobidan oladigan maoşlari ona sutiday halol. Issiqda soatlab çiroqsiz çorrahada qolib ketadigan YPX xodimi, yarim tunda şirin uyqusidan turib öt öçirişga yuguradigan FVVçilar, tirbandlikda amallab bemorni kasalxonaga yetkazadigan tez yordam haydovçisi otasining peşona terisiday halol rizq topmoqda, lekin juda köp taşkilotlar nima iş bilan band özi, degan savol faqat meni qiynasa kerak.










