2018 yil birinçi çoragida «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining daromadi 2 trillion sömni taşkil etdi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan ikki barobar köpdir. Bundan kompaniya saytida e'lon qilingan statistika ma'lumotlari darak beryapti.
2018 yilning birinçi uç oyi davomida yuk aylanmasi 5,38 milliard tonna-km.ni taşkil qildi, ötgan yil bilan taqqoslaganda u 2,2 foizga kamaydi. Olib ötilgan barça turdagi yuklar hajmi 24 million tonnadan oşdi.
Yölovçi aylanmasi 3,8%ga ösdi va bir milliarddan ziyod yölovçi-km.ni taşkil etdi. Kompaniya birinçi çorakda jami 5,1 million yölovçini öz manziliga yetkazdi. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 11,8 foizga oşdi.
2018 yilda aksiyadorlik jamiyati umumiy qiymati 672 million AQŞ dollariga teng 15 ta investitsiya va infratuzilma loyihasini amalga oşiradi. Xususan, joriy yilda 29 ta lokomotiv, 1,5 ming yuk vagonini ta'mirlaş va tiklaş, minglab yuk va 15 ta yölovçi vagonlarini quriş, şuningdek, 180 km temir yöllar reabilitatsiyasi rejalaştirilgan.












