Joriy yilda Özbekiston böylab onalar ölimi 59 ta va bolalar ölimi esa 2.706ta qayd etildi. Bu haqda Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev ma'lum qildi.

Aytilişiça, yuqumli kasalliklar, jumladan virusli gepatitga çalinganlar soni qariyb 12.200 nafarni, sil kasalligiga çalinganlar 5.120 nafarni taşkil etdi.

"Joriy yilda onalar ölimi kamaymagani, aksinça, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Xorazm, Toşkent viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahrida köpaygani açinarli holdir. Gödaklar ölimining Qaşqadaryoda 31 taga, Surxondaryoda 52taga keskin köpaygani esa ğoyat taşvişlidir", deya ta'kidlagan rais Senatning ön beşinçi yalpi majlisida nutq sözlab.

Senat raisining ta'kidlaşiça, turli sabablarga köra, çet ellarda uzoq muddat safarda bölib, yurtimizga qaytgan fuqarolarni tibbiy körikdan töliq ötkazişga erişilmayapti.

"Holbuki, joriy yilning birinçi çoragida tibbiy körikdan ötkazilganlarning 162 nafarida OITS, 105 nafarida sil, 48 nafarida teri-tanosil kasalliklari va 6.284 nafarida boşqa xastaliklar aniqlandi", deydi u.