Şveytsariya hamda Kosta-Rika terma jamoalari jahon çempionati E guruhidagi 3-tur öyinida kuç sinaşdi. "Nijniy Novgorod" stadionida keçgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Şveytsariya safida Jyemaili hamda Drmiç 1tadan gol urdi. Uoston Kosta-Rikaning ilk javob golini kiritgan bölsa, öyinning sönggi daqiqalarida Brayn Ruis tepgan penalti Şveytsariya terma jamoasi darvozaboni Yan Zommerga tegib, darvozadan joy oldi.
Şveytsariya – Kosta-Rika 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 31 Jyemaili, 1:1 – 56 Uoston, 2:1 – 88 Drmiç, 2:2 – 90, avtogol Zommer.
Şveytsariya – Zommer, Lixtştayner, Şer, Akandji, Rodriges, Bexrami (Zakariya, 60), Jaka, Şakiri (Lang, 81), Jyemaili, Embolo, Gavranoviç (Drmiç, 69).
Kosta-Rika – Navas, Akosta, Gonsales, Uoston, Gamboa (Smit, 90), Borxes, Gusman (Asofeyfa, 90), Ovedo, Kolindres (Uolles, 81), Ruis, Kempbell.
Ogohlantirişlar: Gamboa (11), Kempbell (29), Lixtştayner (37), Zakariya (75), Şer (83), Uoston (89).


















