Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytiriş, şuningdek, soliq solişning soddalaştirilgan va umumbelgilangan tizimi böyiça soliqlarni tölaydigan xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etiş;

soliqlarni unifikatsiya qiliş yöli bilan ularni maqbullaştiriş, öxşaş soliq soliş bazasiga ega bölgan soliqlarni birlaştiriş, soliq hisobotlarini qisqartiriş va soddalaştiriş, operatsion xarajatlarni minimallaştiriş;

makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va uning daromadlarini mustahkam şakllantirişni ta'minlaş;

soliq qonunçiligini soddalaştiriş, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-qarşiliklarni bartaraf etiş, insofli soliq tölovçilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuçaytiriş;

soliq soliş masalalarini tartibga soladigan havola qiluvçi normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada çeklagan holda soliq qonunçiligining barqarorligini hamda Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining töğridan-töğri amal qilişini ta'minlaş, şu jumladan, kodeksda soliqlar va boşqa majburiy tölovlar stavkalari miqdorlarini belgilaş;

xorijiy investorlar va investitsiyalar uçun qulay rejimni saqlab qoliş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va işonçli huquqiy himoyalaş;

soliq nazoratining şakl va mexanizmlarini, şu jumladan, soliq soliş obektlari hamda soliq tölovçilarni yanada töliq qamrab oliş va hisobini ta'minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş hisobiga takomillaştiriş, transfer narxlarni şakllantiriş bilan boğliq operatsiyalarga soliq soliş tartibini joriy etiş.