Özbekistonlik Toirjon Alimov va Davron Nurbayev 6-14 iyun kunlari Tanzaniyaning şimoli-şarqida joylaşgan Kilimanjaro toğlariga kötarilişga muvaffaq bölişdi.

Ayni paytda 70 yoşni qarşilagan Toirjon aka Kaliningrad davlat texnika universitetida tahsil olgan. 20 yil baliqçilik xöjaligida samarali mehnat qilgan. Talabalik kezlaridagi orzusi 50 yil ötib uni Afrika tomon yetakladi.

«Ernest Hemingueyning «Kilimanjaro qorlari» degan asarini öqiganimda ilk bor xayolimga kelgandi: Afrikada qorli toğlar bor ekan, borib körib keliş kerak. Lekin toğga çiqişga 3 yilça oldin qat'iy qaror qildim va tayyorgarlikni boşladim», - deydi Toirjon aka suhbat davomida.

U balandligi qariyb 6 ming metr bölgan Kilimanjaro çöqqisini zabt etiş uçun nafaqat jismonan, balki ruhan tayyor böliş muhim omil ekanini ta'kidlab ötdi.
8 kun davom etgan çöqqiga kötariliş ekskursiyasi maxsus kiyim-boş va asbob-uskunalar yordamida amalga oşirilgan.


«Kuçli xohiş va harakat bilan har qanday maqsadni amalga oşirsa bölar ekan. Bu natija bilan çeklanib qolmoqçi emasman, keyingi manzil Tibetdagi Kaylas toğlari», deya bu çöqqi bilan kifoyalanmasligini aytib ötdi suhbatdoş.
Youtube'da köriş
Mover.uz'da köriş








