Amerikalik sakkiz yoşli maktab öquvçisi bölgan qizça Kilimanjaro çöqqisini zabt etdi. Bu haqda Inside Edition xabar bermoqda.

Roksi Getter Afrikaning eng baland nuqtasiga çiqa olgan eng yoş qizga aylandi. Uning natijasi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilişi borasida hozirça ma'lumotlar yöq.

Roksi 10 yoşli akasi Ben hamda ota-onasi Bobbi va Sara Getter bilan iyulda dengiz sathidan 5895 metr balandlikda joylaşgan çöqqiga bir haftada çiqa oldi.

Amerikalik oila Tanzaniyada hordiq çiqarayotganda bu borada qaror qabul qilgan. Bobbining sözlariga köra, ular boşida şunçaki safariga borişni rejalaştirişgan, biroq keyinçalik ularning dösti Kilimanjaro çöqqisiga çiqiş taklifini berdi.

«Men Roksi buni qila olganiga haligaça işona olmayapman», - deya ma'lum qildi qizçaning otasi. «U umuman töxtagani yöq va şikoyat qilmadi. Men juda hayratdaman, biroq uning uçun juda xursandman ham», - dedi oila boşliği.

Bobbining ta'kidlaşiça, öğli ham bu işni yaxşi uddaladi. Saraning qöşimça qilişiça, ular toğning çöqqisiga yetişganida, u yerdagi harorat taxminan -13 daraja sovuqni taşkil etgan, deb yozmoqda Travel + Leisure jurnali.

Kilimanjaroni zabt etgan yoş bola sifatida amerikalik Kits Boyd tilga olinadi. U 2008 yilda bu çöqqiga yetti yoşida çiqa olgan.