HTC smartfonlar işlab çiqaruvçisi sentabr oyi oxiriga borib Tayvandagi 1500 xodimini qisqartirişni rejalaştirmoqda. Reuters agentligi şu haqida xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, kompaniyada 6 450 kişi işlaydi. Kompaniya işçi örinlarini qisqartiriş orqali sotuvlar pasayişi fonida xarajatlarni optimallaştirmoqçi.
Ta'kidlaş joizki, aprel oyida sotuvlar yillik miqdorda - 55,5 foizga, martda esa 46,7 foizga tuşib ketgandi.
Bundan avval HTC yirik smartfonlar işlab çiqaruvçilari orasida birinçi bölib öz qurilmalarida keng tarqalgan reyestrlar tizimi (blokçeyn)ni joriy qilgandi. Yangi qurilma Exodus nomini oldi, u joriy yilning oxirida sotuvga çiqişi kerak. Bu lineykadagi har bir smartfon mobil hamyon bölib, unda kriptovalyutalarni saqlaş mumkin.












