Ekvador sudi mamlakatning sobiq prezidenti Rafael Korreani hibsga oliş haqida qaror qabul qildi.

Tegişli qaror prokuratura talabi bilan sudya Daniella Kamaço tomonidan qabul qilindi. Sudya Korreani uşlaş va ekstraditsiya qiliş haqida Interpolni xabardor qilişni söragan.

Ayni vaqtda Korrea Belgiyada qolmoqda. Iyun örtalarida u Ekvadorda sobiq deputat Fernando Baldani öğirlaş işi böyiça sud jarayoniga jalb qilingandi. Korrea özini sud jarayoniga biror-bir isbotsiz jalb qilingan, deb hisoblamoqda.