Samarqand viloyati içki işlar boşqarmasi içki işlar organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, xalq bilan içki işlar organlari xodimlari örtasida xuquqbuzarliklar va jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça hamkorlikni kuçaytiriş, içki işlar xodimlarida innovatsion ğoyalar va zamonaviy texnologiyalar töğrisidagi bilim va könikmalarini şakllantiriş, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilğor tajribalari, innovatsion ilmiy texnologiyalarini Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari faoliyati sohasida qöllaş va tatbiq etiş maqsadida joriy yilning 20 iyul kuniga qadar Respublikada ilk marotaba «Içki işlar organlari faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça eng samarali innovatsion taklif» körik-tanlovini e'lon qildi. Bu haqda Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasi ma'lum qilmoqda.
Tanlovda yoşidan qat'i nazar, barça fuqarolar (jumladan, içki işlar organlari xodimlari ham) iştirok etişlari mumkin.
Tanlovda qöyidagi nominatsiyalar böyiça ğoliblar aniqlanadi:
- «Huquqbuzarliklar va jinoyatçilikning oldini olişda aholini keng jalb etiş va ular bilan işlaşga qaratilgan eng samarali taklif»
- «Xavfsiz turizmni ta'minlaş sohasi böyiça eng yaxşi taklif»
- «Yoşlar örtasidagi jinoyatçilikning oldini oliş böyiça eng yaxşi taklif»
- «Ayollar örtasidagi jinoyatçilikning oldini oliş böyiça eng yaxşi taklif»
- «Yöl-transport hodisalarining oldini oliş böyiça eng yaxşi taklif»
- «Içki işlar organlari faoliyatida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qöllaş böyiça eng yaxşi taklif»
Nominatsiyalar böyiça ğoliblarini aniqlaşda quyidagilarga e'tibor beriladi:
- bildirilgan ğoyalar böyiça amaliyot Respublikada joriy etilmaganligi;
- taklif etilgan innovatsion texnologiyalar içki işlar organlarida ilk bor qöllanilayotganligi;
- takliflar amaliyotga joriy etilganidan söng, içki işlar organlari faoliyatining samaradorligini oşişiga sezilarli darajada ta'sir qilişi ehtimoli yuqori bölişi;
- taklif böyiça işlarni amalga oşiriş mexanizmining töliq yoritilişi darajasi;
- qilinadigan xarajatlar taklifning samaradorligiga mos bölib, keskin farq qilmasligi va katta miqdordagi mablağ talab etmasligi;
Ğoliblar şaxsan Samarqand viloyati IIB boşliği tomonidan qimmatbaho sovğalar va pul mukofotlari bilan taqdirlanişi belgilab qöyilgan.











