Kayla Rahn homilador emas edi. Hatto farzandi ham yöq edi. Şifokorlar esa, vazn taşlaşni tavsiya qilişdi. Aslida muammo uzoq vaqt aniqlanmagan tuxumdon kistasi bölib çiqdi. 

AQŞning Alabama ştatilik Kayla Rahn 2017 yil yozida kutilmaganda, taomnomasida jiddiy özgarişlar bölmasa-da, vazn töplay boşladi. Dastavval u ötirib işlaş tufayli şunday bölmoqda, deb öylagan. Ammo, vaqt ötişi bilan bir vaqtlar osongina qila oladigan işlar ham qiyinlaşdi. U kuzga kelib, qorin sohasidagi oğriqdan şikoyat qila boşladi. 

Foto: CNN

Şifokorlar esa, u şunçaki vazn taşlaşi lozimligini aytişdi. Rahn soğlom taomlarni tanovul qilib, fitnes zallariga borganiga qaramay, vazni kamaymadi. Uning aytişiça, Rahn 4 nafar şifokorga uçraşgan, ularning heç biri tuxumdonidagi ösimtani aniqlay olmagan. 

Montgomery's Jackson Hospital şifoxonasi şifokori Dr.Gregory Jones buni anglaşilmovçilik sifatida baholamoqda.

"Albatta, takroriy tekşiruvlar çoğida ham bu narsaning aniqlanmagani xatodir. Biz barçamiz vaqti-vaqti bilan şunday anglaşilmovçilikka duç kelib turamiz. Axir biz ham insonmiz. Şunga qaramay, biz bemorlarni davolaşuçun qattiq ter tökamiz", - degan Dr.Gregory Jones.

Kayla Rahn 25 may kuni Montgomery's Jackson Hospital şifoxonasiga borganida bu yerdagilar adaşmadi. CNN xabariga köra, Dr.Richard Sample "uni tekşirib, tezda aniq taşxis qöygan". 

Şundan söng, 26 mayda 1½ soatlik şoşilinç jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Jarrohlar Kayla Rahn tuxumdonidan salkam 22 yarim kg keladigan kistani olib taşlagan. 

Ortiqça “vazn”ga sabab bölgan kista muvaffaqiyatli olib taşlanganidan söng, Kayla Rahn hayoti iziga tuşmoqda.