Atigi ikki yil içida olti kiyim ölçamiga semirib ketgan qiz nihoyat unga nima bölayotganini bilişga muvaffaq böldi. Ma'lum bölişiça, ikki yil davomida uning içida kista ösib kelib, hozir uning oğirligi 12 kilogrammga yetgan. 

Foto: life.ru

Ötgan oyda 22 yoşli Lia Stafford qornidagi oğriqlardan şikoyat qilib, şifokor huzuriga borgan, biroq şifoxonada xavotirga örin yöqligi aytilib, qizni uyiga qaytarib yuborişgan. The Sun'ga köra, bunday javob qizni qoniqtirmagan va u boşqa şifoxonaga borgan - u yerda qiz UTT tekşiruvidan ötkazilib, qornida tarvuz hajmiga teng kista aniqlangan. Şifokorlar qizning tanasidan 10,5 litr suyuqlik çiqarib, kistaning tuxumdonlar va peşob tizimiga bosim ötkazayotganini aytişgan, bu esa qizning hayotini xavf ostiga qöyadi.

Foto: life.ru

Lia ğazabga kelib, şunday katta hajmdagi kistani körmagan birinçi şifoxona xodimlariga janjal uyuştirdi, zero endi qizning hayotini saqlab qoliş uçun uning bir tuxumdonini olib taşlaşga töğri keladi. Lia yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida Çesterfild qirollik gospitalini sudga berdi. Gospital rahbariyati batafsil tekşiruv ötkazilgunga qadar voqeaga izoh berişdan boş tortdi.