Turkiyada ötgan saylovlarda qayta prezident etib saylangan Rajab Toyyib Erdöğan 9 iyulda qasamyod keltiradi. Bu haqda Erdöğan matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
Avvalroq inauguratsiya marosimi 8 iyulda bölib ötişi ma'lum qilingan.
“Prezidentimiz inauguratsiyasi duşanba kuni bölib ötadi”, deb aytilgan xabarda.
Şu kuni vazirlar mahkamasining yangi tarkibi e'lon qilinişi kutilmoqda. Uşbu tarkib boşqaruvning prezidentlik şakliga ötilayotgani sababli Turkiya prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Şu munosabat bilan Turkiya hukumati öz vakolatlarini prezidentga topşirdi. Bu haqdagi qaror Resmi Gazete naşrida çop etilgan.
Uşbu qarorga köra, 1924 yildan 2017 yilgaça qabul qilingan bir qator qonunlarga özgartirişlar kiritiladi. Özgartirişlar mohiyati boş vazir va hukumat ijroçilik vakolatlarining prezidentga topşirilişidan iborat. Bu özgartirişlar prezident qasamyod keltirişi bilan kuçga kiradi.
Turkiyada ötgan prezident va parlament saylovlarida Erdöğan 52,59 foiz ovoz bilan ğolib bölgan, uning Adolat va taraqqiyot partiyasi 41,56 foiz ovoz olgan.












