Tahlilçi Ming-Çi Kuo Apple kuzgi taqdimotida namoyiş qilişi kutilayotgan iPhone smartfonlariga doir taxminlari bilan bölişdi.
iPhone X smartfonlarining hozirgi avlodi kumuş va kul ranglarda taklif etilgan. Tahlilçining fikriça, 2018 yilgi yangi modellar qöşimça rang optsiyalariga ega böladi. Şunday qilib, yangilangan iPhone X va uning 6,5 dyuym OLED-displeyli "akasi" oq, qora va tilla ranglarda, 6,1 dyuym LCD-ekranli iPhone esa - beş xil variatsiyada - havorang, olovrang, kulrang, qizil va oq ranglarda çiqadi.
Ming-Çi Kuo şuningdek 6,5-dyuymli iPhone X Plus narxining 1000 dollar atrofida bölişini taxmin qilmoqda. 6,1-dyuymli iPhone'ni esa 700 AQŞ dollariga baholamoqda.
Bundan oldin tarqalgan xabarlarga köra, Apple 2018 yilda 5,85 va 6,45 dyuym diagonalli ikki OLED-modelni hamda 6,1-dyuymli «byudjyet» LCD-modelni namoyiş etadi. Ularning bari hoşiyasiz dizayn va foydalanuvçini yuzidan taniy oluvçi Face ID funksiyasiga ega böladi. Ularning taqdimoti sentabr oyida, iPhone yangi avlodiga bağişlangan an'anaviy matbuot anjumanida bölib ötişi kutilmoqda.












