Özbekiston sayohat qiliş uçun dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari röyxatidan örin oldi. 2018 Global Law and Order hisoboti şundan dalolat bermoqda.
Quyoş, dengiz va qumli sohil - bu sayohat qilişni rejalaştirayotgan vaqtingizda hisobga olinuvçi eng muhim omillardek göyo, lekin yana bir omil borki, u ham sayohatda muhim ahamiyatga ega, bu - xavfsizlik.
Gallup kompaniyasining amerikalik tadqiqotçilari tomonidan taqdim etilgan Global Law and Order reytingi mahalliy aholi özini qançalik xavfsiz his qilişiga asoslanib tuziladi.
Reyting tuzişda 142 mamlakat fuqarolari orasida mahalliy politsiya faoliyati, yolğizlikda sayr qiliş vaqtidagi xavfsizlik hissi va jinoyatçilikka doir sörovnoma ötkazdi.
Hisobotni tuziş davomida Gallup 15 yoşdan katta bölgan 148 mingdan ziyod kişini söroq qildi. Bundan maqsad rasmiy statistika va şaxsiy keçinmalar örtasidagi har qanday tafovutlarni aniqlaş edi.
Şunday qilib, 2018 Global Law and Order Report reytingiga köra, jinoyatçilik körsatkiçlarining pastligi bilan maşhur Singapur 97 ball bilan birinçi öringa munosib körildi.
Ikkinçi örinda bir vaqtning özida Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya mamlakatlari nomlari qayd etilgan. 93 balldan töplaşga muvaffaq bölgan bu uç mamlakat özining tabiati va ekologik toza şaharlari bilan turmuş sifati körsatkiçlari reytingida muntazam iştirok etadi.
Özbekiston 91 ball bilan Gallup reytingida beşinçi örinni egalladi. "Qaçonlardir qadimiy Buyuk Ipak yölining bir qismi hisoblangan Markaziy Osiyoning bu mamlakati sözsiz gözal mamlakatdir", deyiladi hisobotda. Şu bilan birga, Honkong ham 91 ball töplab, röyxatning beşinçi örnida kelgan.
90 balldan yiğgan Şveytsariya va Kanada röyxatning yettinçi poğonasidan örin olgan.
Indoneziya 89 ball bilan ilk öntalikka yakun yasadi. Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakati aholisi sönggi yigirma yilda halokatli terror holatlarining guvohi bölganiga qaramay, öz mamlakatiga ijobiy baho berdi.
Reyting tuzuvçilari fikriça, mazkur ma'lumotlar turizm uçun qiziqarli. Zero 2011 yildagi Misr voqealaridan keyin mamlakat turizm körsatkiçlari keskin pasaygan. Şunday bölsa-da, Misr bu yönalişda zarur çoralarni körib, Daniya, Sloveniya, Lyuksemburg, Avstriya, Xitoy va Niderlandiya bilan bir qatorda Gallup reytingining 10-örnidan joy oldi.













