Bugatti kompaniyasi avgustda AQŞning Pebbl-Biç şahrida ötuvçi başanglik tanloviga narxi 5 mln yevroni taşkil qiluvçi haşamatli Divo giperkarini olib keladi. Mutaxassislarning fikriça, bu maşina yangi model bölmay, Chiron modelining öziga xos versiyasigina böladi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, giperkar 100 dona miqdorda işlab çiqariladi, biroq avtomobilga buyurtma berilişining ilk kunlariyoq barça maşinalar taqsimlab bölingan. Kelgusida maşinani yanada qimmatroq narxda sotib oliş imkoni böladi.
Ta'kidlanişiça, yangi Bugatti Divo tezlaşiş nuqtai nazaridan fransuz markasining eng tezkor maşinasi böladi. Maşina 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erişa oladi, maksimal tezligi esa, aksinça, 420 km/soatdan 385 km/soatgaça kamytirilgan. Maşina haqidagi batafsil ma'lumot Pebbl-Biçdagi tadbirdan keyin paydo böladi.











