Insultni boşdan ötkazgan kişilarning 80 foizga yaqini nogiron bölib qoladi. Ularning 25 foizi umrining qolgan qismida özgalarning doimiy parvarişiga muhtoj böladi. Nima uçun statistika bunday? Şunçaki aksariyat öz vaqtida şifokorga murojaat qilişga şoşilmaydi. Kasallik miyaning keng uçastkasiga zarar yetkazib bölganidan keyingina tez yordam çaqirişadi. "Zdorove s Yelenoy Malyşevoy"da insultni vaqtida aniqlaş va uning oldini olişga doir tavsiyalar taqdim etildi.

Foto: Depositphotos

Xavf omillari:

  • Arterial gipertenziya;
  • Yoşning 50 dan oşganligi;
  • Yurak kasalliklari;
  • Qandli diabet;
  • Xolesterinning yuqori darajada bölişi;
  • Spirtli içimliklarni içiş;
  • Stress;
  • Çekiş;
  • Kamharakat hayot tarzi;
  • Semizlik.

Insultning ilk belgilari:

  • Qöl va oyoqlardagi zaiflik yoki uvişiş;
  • Nutqning buzilişi. Inson unga nima gapirayotganingizni tuşunmaydi;
  • Muvozanatni yöqotiş;
  • Boş aylanişi;
  • Huşdan ketiş;
  • Kuçli boş oğriği;
  • Yuzning bir tomoni falaj bölişi (juda kamdan-kam holatlarda – butun tana);
  • Yuz qiyşayişi;
  • Köngil aynişi va qayd qiliş;
  • Köz oldining qoronğulaşişi;
  • Közlarning noodatiy harakatlanişi;
  • Haddan taşqari past yoki yuqori arterial qon bosimi.

Darhol şifoxonaga!

Foto: Depositphotos

Uy şaroitida taşxis qöyiş va davolaşdan foyda yöq. Maxsus uskunalarsiz hatto şifokorlar ham 10 foiz holatlarda taşxis qöyişda adaşişadi. Şu bois insult gumon qilinganda bemorni imkon qadar tezroq şifoxonaga yetkaziş kerak. Şunday bölsa-da, tez yordam yetib kelguniça bemorga biroz yordam berişingiz mumkin: