Qişlok xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçi fermer va dexqonlar juda katta sinov davriga kelişdi. Dehqonçilikda özi, oson iş yöq! Mana şu yil ham ob-havo harorati dehqonlarimiz parvarişlayotgan ekinlar uçun noqulay keldi, ayniqsa, paxta yetiştiriş uçun vegetatsiya davrida kerakli harorat ololmay paxta rivoji bir neça kunga keç qolmokda. Şu bilan birga uşbu ob-havo tabiatdagi biz yetiştirayotgan paxtaga jiddiy zarar keltiruvçi haşorat va zararkunandalar köpayişiga sabab böldi.

Özbekistonning iqlim şaroiti qişlok xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişga juda qulay bölişi bilan bir qatorda, tabiatdagi haşorat va zararkunandalar yaşaşi uçun ham yaxşi muhit hisoblanadi.

Albatta, bu borada olimlar hamda soha mutaxassislari tomonidan haşorat va zararkunandalarga qarşi kuraş çoralari jiddiy örganilib, ösimlikka yetkazadigan ziyonining oldini oliş yuzasidan biologik va kimyoviy himoya çoralari böyiça tavsiyalar belgilab berilgan.

Vaholanki, sönggi yillarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi dehqon va fermerlarimiz uşbu tavsiyalarga ahamiyat bermay, öz ustilarida işlamay qöyişdi. Oqibatda, zararkunandalarning ösimliklarga zarar keltirişining oldini oliş (profilaktika) bilan emas, balki zarar kelganidan söng haşoratga qarşi kuraşişmoqda. Bu esa, öz navbatida, salbiy natijalarga, ya'ni katta mehnat va mablağ sarf qilib yetiştirilayotgan hosilning 30-40 foizini yöqotişga olib kelmoqda.

Özbekiston şaroitida paxta yetiştirişda asosiy zararkunandalar aniq bölib, bular Kuzgi tunlam (ildiz qurti), şira, trips, örgimçakkana, beda va ğöza qandalasi hamda kösak qurti hisoblanadi.

Hozirgi kunda paxtadagi haşorat va zararkunandalarga qarşi kuraşiş uçun “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati omborlarida barça turdagi kimyoviy preparatlar zaxirasi mavjud va joylarda otryad usulida qarşi kuraş işlari olib borilmoqda.

Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda soha mutaxassislari, tegişli taşkilotlar va hurmatli fermerlar: 

“Paxta yetiştirişda joylardagi haşorat va zararkunandalar tarqalgan öçoq hududlar va konturlar sizlarga ma'lum. Tavsiya qilardikki, uşbu mavsum yilida va bundan buyon haşoratlarni ziyon keltirişi bilan emas, ziyon keltirguniga qadar (profilaktik) kimyoviy işlovlarni öz vaqtida ötkazilişini taşkil qilaylik va mehnatimiz natijasini xirmonga tölib toşib ketadigan hosil bilan hamda xonadonlarimizdagi fayzu-barakasida köraylik”, deyiladi “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati murojaatida.