Özbekiston qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi dehqon-fermer xöjaliklariga sifatli agrokimyoviy xizmatni körsatiş hosildorlik va dehqonlar va fermerlarning daromad körişida muhim örin tutadi. 

Xöş, bu borada Özbekistonda qanday işlar amaliyotga oşirilmoqda? Dehqon-fermerlarga qanday servis xizmatlar körsatilmoqda? “Özagrokimyohimoya” AJ tizimidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar «Agrokimyohimoya» taşkilotlari tomonidan fermer-dehqon xöjaliklari hamda şahsiy tomorqa yer egalariga körsatilayotgan servis xizmatlari sifati va samaradorligini oşirişda qanday faoliyat körsatmoqda? Milliy matbuot markazida taşkil etilgan matbuot anjumani şu haqda böldi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Dastavval «Özagrokimyohimoya» AJ tizimidagi taşkilotlar, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar, dehqon-fermer xöjaliklari va şaxsiy tomorqa egalariga körsatilayotgan agrokimyoviy xizmatlar hamda erişilgan yutuqlar töğrisida batafsil ma'lumot berildi.

Unga köra, ğalla va paxta maydonlarida kuzatuv-nazorat işlarini amalga oşiriş uçun 1042 nafar agronom-entomologlar faoliyat körsatmoqda. Joriy yilning yanvar-may oylari davomida 2019 yil hosili uçun ğalla va paxta ekinlari uçun sof hoda 278,0 ming tonna azotli, 76,0 ming tonna fosforli va 11,5 ming tonna kaliyli mineral öğitlar yetkazib berildi.

«Boşoqli don ekin maydonlarida bir yillik ikki pallali begona ötlarga qarşi 1044,0 ming gektarda, boşoqli begona ötlarga qarşi 591,0 ming gektarda gerbitsidlar, zang va boşqa kasalliklarini rivojlanişini va tarqalişini oldini oliş uçun asosan profilaktika maqsadida 2 million 226 ming gektarda (takroriy işlovlar bilan) fungitsid preparatlari, zararkunandalarga qarşi profilaktika maqsadida 950 ming gektarda biologik usulda va 1180,0 ming gektarda insektitsidlar bilan kimyoviy usulda işlovlar ötkazildi», - deya ma'lum qildi AJ boşqaruvi raisi birinçi örinbosari Xöjambergen Bekbergenov.

Uning aytişiça, ğöza maydonlarida şira-tripslarga qarşi 1152 ming gektarda biologik va 63,0 ming gektarda kimyoviy işlovlar ötkazildi. Örgimçakkanaga qarşi 35,0 ming gektarda biologik, 206,0 ming gektarda ISO qaynatmasi bilan işlovlar ötkazildi. Tunlam qurtlariga qarşi 766,0 ming gektarda biologik va 9,5 ming gektarda kimyoviy işlovlar amalga oşirilgan. 

Şuningdek, joriy  yilda mevali boğlarda  142 ming gektar va tokzorlarda 75 ming gektarda  fungitsidlar yordamida proflaktik kimyoviy  işlovlar ötkazildi. 
Bugungi kunda mevali boğlarning zarakunandalariga qarşi kimyoviy  90,0 ming gektar, biologik 11,5 ming gektar hamda kasalliklarga qarşi 80,0 ming gektar,  şuningdek tokzorlarda 36,0 ming gektar, kartoşkada 17,3 ming gektar, poliz ekinlarida 11,0 ming gektar,  sabzavotda 45,0 ming gektar  hamda begona ötlarga qarşi 40,0 ming gektar maydonda kimyoviy işlovlar ötkazilib, kuzatuv va dala nazorat işlari olib borilmoqda.