Prezident tomonidan “Respublikada ösimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmon imzolandi.
Hujjatga asosan:
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Özbekiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi taşkil etiladi;
- Toşkent viloyatida ösimliklarni himoya qilişning kompleks xizmatlarini körsatuvçi Namunaviy markaz taşkil etiladi;
- Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolaştiriş va ösimliklarni himoya qiliş vositalarini sinovdan ötkaziş va röyxatga oliş böyiça davlat komissiyasini tugatiladi;
- “Özagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar tugatiladi;
- “Özagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatiş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi va uning hududiy komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Ösimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona ötlarga qarşi kuraşda işlab çiqariş va xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan uşbu yönalişda zarur işlov beriş texnikalari, agrometeostansiyalar, biolaboratoriya jihozlari va boşqa uskunalar xarid qilinişda davlat tomonidan 2024 yil 31 dekabrga qadar qöllab-quvvatlaşning tartibi joriy qilinadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
a) quyidagilarning Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan kompensatsiya qilinişini:
- summasi 10 mlrd sömdan, foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 barobaridan oşmaydigan milliy valutada ajratiladigan kreditlar uçun foiz tölovlarining xarajatlari, MBning asosiy stavkasidan oşadigan, lekin 7 foiz punktdan köp bölmagan qismi;
- tijorat banklari tomonidan ekvivalenti 10 mlrd sömdan oşmaydigan xorijiy valutada ajratiladigan kreditlar uçun – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigaça, biroq 3 foiz punktidan köp bölmagan miqdorda foiz;
- b) ajratiladigan kredit ta'minotining 50 foizigaça, biroq 10 mlrd sömdan ortiq bölmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan kafillik taqdim etilişini.













