“Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatida BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) vakili, professor Aleksandr Laçininskiy bilan Özbekistonda zararli çigirtkalarga qarşi kuraş işlarini taşkillaştiriş va ötkazişni yanada rivojlantirişda hamkorlik qiliş böyiça uçraşuv ötkazildi.

Aleksandr Laçininskiy ösimlikşunoslik va ösimliklarni himoya qiliş bölimi  çigirtkalarga qarşi kuraşiş ofitseri, Butunjahon çigirtkalarni örganiş jamiyati prezidenti hisoblanadi.

Uçraşuvda “Özagrokimyohimoya” AJ boşqaruv raisi Olimjon Isayev, Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy tadqiqot instituti “Çigirtkalarni örganiş laboratoriyasi” mudiri, qişloq xöjalik fanlari doktori, professor Furqat Ğafforov va boşqa mutaxassislar iştirok etdi. 

Uçraşuvda Özbekiston hududida zararli çigirtkalarning tarqaliş holati, joylarda ularga qarşi kuraşiş tadbirlarini öz vaqtida va samarali ötkaziş masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa Qoraqalpoğiston Respublikasining Orolböyi mintaqasida töda hosil qilib zarar yetkazadigan osiyo çigirtkasining katta maydonlarga tarqaliş xavfi mavjudligi tufayli kelgusida FAO tomonidan soha mutaxassislari malakasini oşiriş, çigirtkalarga qarşi kuraş işlariga zamonaviy texnologiya va texnikalarni joriy etiş böyiça texnik yordam körsatişga, ASDC texnologiyasi maxsus dasturlari yordamida zararli çigirtkalarni tarqalişini başorat qiliş tizimini yölga qöyişga kelişib olindi. FAO eksperti

Orolböyi mintaqasiga borib vaziyat bilan tanişişi jarayonida zarur takliflarni berişi ta'kidlandi.

Şuningdek, uçraşuvda JICA tomonidan moliyalaştiriladigan 7 mln. AQŞ dollari miqdoridagi loyiha tasdiqlaniş arafasida turganligi hamda uşbu loyiha doirasida Özbekiston

Respublikasiga jami 550 ming AQŞ dollarlik  zamonaviy texnika va texnologiyalar, jumladan 10ta “Toyota Xaylyuks” rusumli avtomaşina, 5 ta “Mikroneyr UMO” va boşqalar yetkazib berilişi haqida kelişib olindi. 

Tomonlar kelgusida ösimliklarni himoya qiliş sohasida hamda zararli çigirtkalarga qarşi kuraşda hamkorlik yönalişlarini belgilab oldilar.