Jahon | 13:54 / 09.07.2018
9434
2 daqiqa o‘qiladi

Har to‘rt sudanlik boladan uch nafari urushdan boshqasini bilmaydi - YUNISEF hisoboti

Foto: REUTERS

Janubiy Sudandagi 3,4 million boladan 2,6 millioni 2011 yilda urush boshlanganidan keyin dunyoga kelgan. BMT bolalar fondi (YUNISEF) ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligidan va ta'lim olish imkoni yo‘qligidan tashvishda. 

"Janubiy Sudanda urush davom etayotganiga yetti yil bo‘ldi va u avvalgidek millionlab bolalar hayotiga zomin bo‘lmoqda", - dedi joriy yil boshida Jubi, Ganiyel va Bentiuda bo‘lib qaytgan YUNISEF ijrochi direktori Genriyetta X. For.

Nizolar yillar davomida hududga zarar yetkazishi natijasida u yerdagi bolalar maktablarga borishmagan, to‘yib ovqatlanishmagan va kasalliklarga moyil bo‘lishgan.

"Kurashayotgan tomonlar tinchlikni qaytarish uchun ko‘proq harakat qilishlari kerak va ular buning uddasidan chiqa olishadi. Janubiy Sudan bolalari bundan yaxshisiga loyiq", - deydi u. 

Yil boshidan buyon 800 bola qurollangan guruhlardan ozod etilgan bo‘lsa-da, baholarga ko‘ra, qolgan 19 ming nafari jangchi va tashuvchi bo‘lib xizmat qilish hamda jismoniy zo‘ravonlikdan aziyat chekishda davom etmoqda.

Hisobotga ko‘ra, Janubiy Sudanda to‘yib ovqatlanmaslik darajasi juda yuqori, 1 milliondan ortiq bola to‘yib ovqatlanmaydi, shu bilan birga, 300 ming nafari - o‘lim yoqasida. 

Ta'lim olish imkonidan mahrum bolalar soni 2 millionga yaqinni tashkil qiladi.

2013 yildan buyon 100 dan ziyod yordam ko‘rsatuvchi xodim o‘ldirildi, o‘tgan hafta halok bo‘lgan YUNISEF haydovchisi ham shular jumlasidandir, deyiladi hisobotda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid