Toşkent şahrining elektronika va maişiy uy jihozlari sotiladigan “Malika” savdo majmuasida özaro kelişmovçilik “piçoqbozlikka” aylanib ketdi. “UzNews.uz” mobil muxbirining ma'lum qilişiça, 8 iyul kuni sotuvçi va xaridor örtasidagi kelişmovçilik yuzaga kelgan. Ularning tarafkaşlari tortişuvga aralaşuvi piçoq bilan tan jarohati yetkazişgaça yetib borgan. 

Mobil muxbirning yuborgan suratlarida futbolkasida qon doği bor yigitni, yana ikki nafar yigit qölida piçoq uşlab turganini köriş mumkin. 

Mazkur holat böyiça KUN.UZ saytiga ma'lum qilişlariça, uşbu hodisa böyiça Özbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi "v" bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.