Yaponiyada kuçli yomğirlar va ular oqibatida sodir bölgan köçki va toşqinlar oqibatida halok bölganlar soni 126 nafarga yetdi, yana 60 dan köproq kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda. 

Kiodo axborot agentligi ma'lumotlariga köra, eng köp qurbon Xirosima (47 kişi), Okayama (36 kişi) va Eximeda (26 kişi) qayd qilingan. Kioto, Yamaguti, Fukuoka, Xyogo, Kagosima, Gifu, Siga, Koti va Sagada yana 17 kişi ölik topilgan.

6 iyulda Yaponiyaning markaziy va janubi-ğarbiy qismiga kuçli yomğirlar yopirilgan. Bir neça kun içida Gifu prefekturasiga 1050 mmdan köproq, Eximega 745 mm, Kiotoga 465 mm, Xirosimaga 442 mm, Xyogoga 430 mm, Okayamaga 310 mm yomğir tuşgan. Yoğingarçilik miqdori örtaça oylik me'yordan 2-3 barobar köproqni taşkil qilgan.

Yomğirlar oqibatlarini bartaraf etiş va qidiruv-qutqaruv işlarida politsiya, öt öçiriş xizmati va mudofaa kuçlarining 74 mingga yaqin xodimi iştirok etmoqda. Şuningdek, uşbu işlarga 73 ta vertolyot jalb etilgan.