Rajab Toyyib Erdöğan Turkiyadagi prezident respublikasi davrining ilk rahbari sifatida qasamyod keltirdi.

Foto: aa.com.tr/ru
Foto: aa.com.tr/ru

«Barçasi butun xalqning köz öngida çiroyli ötdi. Umid qilamanki, bundan buyon ham Turkiyada hammasi yaxşi böladi», dedi Erdöğan qasamyod qiliş marosimi yakunlangaç.

Foto: aa.com.tr/ru

Parlament binosidan çiqqaç, prezident Mustafa Kamol Otaturk maqbarasiga bordi va Turkiya Respublikasi asosçisiga ehtiromini bildirib guldasta qöydi.

Foto: aa.com.tr/ru

Erdöğan korteji butun yöl böylab aholi tomonidan taqdim etilgan gullarga qoplandi.

Foto: aa.com.tr/ru
Foto: aa.com.tr/ru

Şu bilan bugundan mamlakatda boşqaruv parlament şaklidan rasman prezident şakliga ötdi.  

Eslatib ötamiz, Turkiyada bölib ötgan prezident saylovida mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdöğan 52,59 foiz ovoz töplab ğolib bölgandi.