«Sampdoriya» yarim himoyaçisi Lukas Torreyra rasman «Arsenal» futbolçisiga aylandi.
«Sampdoriya» va «Arsenal» bir vaqtda uşbu urugvaylik futbolçi transferini tasdiqladi.
Torreyraning transferi «Arsenal»ga 30 million yevroga tuşgan.
Bundan oldinroq «Arsenal» ikki himoyaçi transfer qilgandi. Stefan Lixtştayner «Yuventus»ni erkin agent sifatida tark etib, Londonga kelgan bölsa, «Borussiya» Dortmund himoyaçisi Sokratis Papastatopulos transferi uçun 28 million yevro sarflandi. Şuningdek, «Bayyer»dan jamoaning asosiy darvozaboni Bernd Leno 25 million yevro evaziga olib kelindi.













