Pokistonning Peşavor şahrida terrorçi-xudkuşning hujumi oqibatida 12 kişi halok böldi, 35 kişi jarohat oldi. Bu haqda Pakistan Today naşri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga köra, terrorçi hujumni Avami milliy partiyasi yiğilişi vaqtida sodir etgan. Qurbonlar orasida partiya yetakçisi Xarun Bilur va uning öğli Doniyol Bilur bor.
Yaralanganlar şifoxonaga yetkazilgan. Ulardan ba'zilarining ahvoli öta oğir.
Mamlakatda harakat qiluvçi birorta terrorçi tuzilma uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.








