Internetda hozirça rasman namoyiş etilmagan Samsung Galaxy Note 9 smartfonining suratlari paydo böldi. Suratlarni AndroidHeadlines resursi namoyiş etdi va bu “rasmiy” render ekanligini, smartfon xuddi şu körinişda bölişini ta'kidladi.

Render smartfonni faqat old tomonidan körsatgan. Kutilganidek, u ötgan yilgi Note 8 modeliga judayam öxşab ketadi. Ular orasidagi asosiy taşqi farq barmoq izlari skanerining joylaşuvi böladi – skaner asosiy qöşaloq kamera ostida joylaşadi.
Avvalroq tarqalib ketgan ma'lumotlarga köra, Crown kodli nomi ostidagi Galaxy Note 9 smartfoni Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlaridagi kabi Infinity Display 2.0 displeyiga ega böladi. Unda 6,3 dyuymli displey, S-AMOLED texnologiyasi va 18,5:9 tomonlar mutanosibligi saqlanib qoladi. Diagonali 6,4 dyuymgaça özgarişi mumkin.
Hududdan kelib çiqqan holda Exynos 9810 va Qualcomm Snapdragon 845 protsessorlari apparat asosini taşkil etadi. Galaxy Note 9 6 GB operativ va 64 GB, 128 yoki 256 GB doimiy xotira bilan çiqadi. Qöşimça 8 GB operativ va 512 GB doimiy xotirali smartfonlar çiqişi mumkinligi haqida ham taxminlar bor. Akkumulyator 3850 yoki 4000 mAs hajmga ega böladi.
Samsung Galaxy Note 9 uçun stilus S Pen tarixidagi eng katta kaşfiyot böladi. Uni Bluetooth-kontrollyor sifatida işlatiş mumkin. Xususan, taymer va musiqani boşqariş mumkin böladi.
Samsung Galaxy Note 9 smartfonining rasmiy debyuti 9 avgust kuni Nyu-Yorkda bölib ötadi.







