Nyu-Yorkda Samsung Galaxy Note 9 smartfoni taqdimoti bölib ötdi. Kompaniya vakili Dryu Blekordning ta'kidlaşiça, u Note lineykasida foydalanilgan eng katta - 6,4 dyuymli displeyga ega. Android 8.1 Oreo operatsion tizimida işlaydigan bu smartfon kamera va boşqa funksiyalarni masofadan boşqaruvçi S-Pen bilan hamda barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.




Blekordning sözlariga köra, smartfonning doimiy xotirasi 128 Gb yoki 512 Gbga teng. 512 Gbli microCD evaziga uni 1 Tbgaça yetkaziş mumkin. Akkumulyator siğimi 4000 mA·s.



Yangi modelga dastlabki buyurtmalar 10 avgustdan qabul qilina boşlaydi, 24 avgustdan esa Amerikadagi mobil aloqa dökonlariga çiqariladi. Associated Press agentligining xabariga köra, uning narxi xotira hajmidan kelib çiqib ming dollardan 1,25 ming dollargaça böladi.















