Marhum Maykl Jyeksonning şifokori Konrad Myurrey qöşiqçining otasi Jozef Jyekson öğlida baland ovozni saqlab qoliş uçun uni ataylab kimyoviy biçganini ma'lum qildi. Bu haqda The Sun naşri xabar bermoqda. 

Myurreyning aytişiça, Jozef Jyekson öğliga 12 yoşida husnbuzarlarni davolaş bahonasi ostida gormonlar inʼeksiyasini qila boşlagan. U şu yöl bilan Mayklning baland ovozini saqlab qolmoqçi bölgan.

Şifokorning aytişiça, Jozef Jyekson öz farzandlariga nisbatan juda bağritoş bölgan. “U tarixdagi eng yomon otalardan biri bölgan”, deb aytmoqda Myurrey.

Myurrey Maykl Jyeksonning kimyoviy biçilgani haqida birinçi marta ma'lum qilayotgani yöq, u avval bu haqda öz avtobiografiyasida eslab ötgan. Myurrey Jozef Jyeksonning ölimidan keyin bu haqda ilk bor oçiqça sözlaşga qaror qildi.

Jozef Jyekson 25 iyunda 89 yoşida vafot etdi. Uning 10 farzandi bölgan va ularning barçasi professional musiqaçilar bölib yetişişgan. 

1960-yillar boşida Jo Jyekson öğillaridan taşkil topgan Jackson 5 musiqiy guruhining menejyeri sifatida faoliyat yurita boşlagan. Maykl Jyekson öz xotiralarida otasi ularni doimo koyişi, repetitsiyalar vaqtida va çiqişlar oldidan kaltaklaşi haqida eslab ötgan. Biroq şu bilan birga otasining qattiqqölligi uning musiqiy faoliyatida öziga xos rol öynaganini tan olgan.