Samsung kompaniyasi smartfonlari Android tizimida işlovçi eng işonçsiz smartfonlar deb topildi. Bu haqda ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlaş bilan şuğullanuvçi Blancco kompaniyasi hisobotida ma'lum qilindi.

Blancco mutaxassislari tuzgan 2018 yil birinçi çoragi böyiça smartfonlar antireytingida Samsung qurilmalari birinçi örinni egalladi. Tadqiqotçilar Janubiy Koreya kompaniyasi telefonlarida nosozlik yuz beriş holatlarini deyarli 27,5 foiz deb baholadi.

Android tizimidagi eng işonçsiz smartfonlar röyxatida ikkinçi öringa 14 foiz nosozlik holatlari bilan Xiaomi, uçinçi öringa 9,5 foizdan ortiq nosozlik bilan Motorola telefonlari joylaşdi. Keyingi örinlarni Huawei va InFocus kompaniyalari telefonlari band etdi.

Apple kompaniyasi qurilmalari orasida iPhone 6 va iPhone 6s eng işonçsizlari deb topildi. Bu smartfonlarda köpinça sensor bilan işlaş, Wi-Fi va Bluetooth’ga ulanişda nosozliklar kuzatiladi.