Patrouille de France fransuz pilotaj guruhi a'zolari Fransiyada Bastiliya olinişi kuni nişonlanişi munosabati bilan ötkazilgan paradda milliy bayroq ranglari ketma-ketligini adaştirib qöyişdi. Le Dauphine Libere naşrining ma'lum qilişiça, uçuvçilar Parij osmonida qizil-kök-oq-qizil bayroq hosil qilişgan.
9 ta samolyot şahar uzra uçib, bayroqdagi uçta rang: kök, oq, qizil rangdagi tutun çiqarişi kerak edi. Biroq kök tutun çiqarişi kerak bölgan samolyotlardan biri qizil rang çiqarib yuborgan.
Bu paradda yuz bergan yagona köngilsiz hodisa bölmadi. Motosiklçilar ötişi vaqtida ulardan ikkitasi tomoşabinlar, jumladan prezident Emmanuel Makron ötirgan tribuna yaqinida bir-birlari bilan kiçik tezlikda töqnaşib ketişgan. Aytiş joizki, mototsiklçilarga heç narsa qilmagan va ular tez orada safga qöşilişgan.
Bastiliya olinişi kuni fransuz milliy bayrami bölib, 1880 yildan beri nişonlanib kelinadi. Bayram an'anaviy ravişda Parijdagi Yelsiy maydonlarida ötadi.












